Chorshanba, 03.07.2024, 10:26
Приветствую Вас Гость | RSS
Yulduzlar Bilan Birga Bo'ling!!!!
Главная | Yulduzcha | Регистрация | Вход
  
Qidiruv
Kirish qismi
Привет, Гость

Гость, мы рады вас видеть. Пожалуйста зарегистрируйтесь или авторизуйтесь!
Mexmon
Bepul SMS



Главная » Файлы » Shou-Biznes olami

Qasos alangasi
02.09.2011, 12:22

Humora erining xiyonatkorligini ayasiga aytib, baloga qoldi. Agar og’zidan chiqqan zaxoti uyiga kelib, janjal qilishini va ko’ch-ko’roni bilan olib ketishini bilganida edi, xiyonatkor er bilan yashayversa ham aytmasdi. U hech kimning gapiga quloq solmayotgan ayasiga yalinib yolvordi:

  - Ayajon, shoshmang, Aziz akam gunohini yuvadi. Boshqa ayol bilan yurishni yig’ishtirar. O’ylamasdan ish qilmaylik. Hamma hato qiladi-da.

  - Yo’q, eringning gapini eshitding-ku. Sen ikki bolali katta xotinmishsan. Endi chalpakka o’rab berishsa ham senga birov qaramas emish. O’n oltiga kirgan g’unchaday qizimni bergandim u ko’rnamakka. Ikkita bolang bo’lsa ham, Shoxsanamday husning bor!

   Ona shunday deb qizini narsalari bilan uyiga olib keldi. Oradan uch oy o’tar o’tmas qiziga er qilish haqida gap ochib qoldi.

  - Qizim, Aziz "uch taloq” berganida yo’lingdan Dostonning chiqib turganini qara. Seni shunday emas, oppoq nikoh ko’ylaklarida, yor-yorlar bilan uzataman! Childirmaning bak-baka-bumi qadringga yetmagan eringning mahallasiga yetib borsin! Bir kuysin, bir kuysin, jigarlari sitilib ketsin!

  - Qo’ying, ayajon, o’zingizga yarashadigan ish qiling! Menga hech kim kerak emas, bolalarim bilan yashayveraman!

  - Uch oy o’tdi, tamom vassalom. Shariat bo’yicha bemalol erga tegishing mumkin. Boshi ochiq ayolning hech qachon tinchi bo’lmaydi. Hozir boshingga baxt qushi qo’nib turibdi. Doston anovi Azizdan ham yoshroq ekan. Mashinasi, uyi bor, xotinidan ajralgan. Bolasiyam yo’q. Huddi buyurtma bilan kelganday. Humora, jon qizim, ayangning bilgani – bilgan, xozir yo’q deb oyoq tirasang, xotini o’lgan tul erkakmi yo sochiga oq tushganda ajrashgan  biror injiq odam sovchi bo’ladi. Qo’y, taqdir nasibangni o’shalardan yiroq qilsin!

     Zuxra opa qiziga gap bermas, hadeb o’zining fikrini tiqishtirardi.  Xumora ayasi bilan tortishish befoydaligini bilsa ham imkon qadar qarshilik ko’rsatishga urindi. Avvalgi taqdirini ham ayasi boshqargan edi. Hali kelin ko’ylagini kiygan opalariga ham havas qilib ulgurmagandi. Faqat qo’shiqchi bo’lishni orzu qilib, mashhur xonandalarga taqlid qilib, qo’shiq kuylab yurardi. Ayniqsa, kollejdagi bir tadbirga atrofdagilar "Prodyusser, prodyusser” deya chaqirayotgan kishi:   

   - Voy, manovi qizning sochlarini! O’zingnikimi shu qo’ng’iroq sochlar? Odamlar bunaqa sochni pul berib yasattiradi. Ovozing ham mayin ekan. Seni katta saxnalarga olib chiqish haqida o’ylash kerak, - deganini gap deb ayasiga aytgandi, Zuhra opa oyog’I kuygan tovuqday yugurib qoldi.

  - Ko’zi teshilsin sening qo’ng’iroq sochlaringga qaraganlarning! Unaqa og’zidan bo’lar – bo’lmas gap chiqqanlar yaxshi odam bo’lmaydi. Senga erkak odamning nazari tushibdimi, endi egangga topshirishim kerak.

Ayasining bu gapidan Xumora uyalib ketdi:

 - Ayajon, buning nimasi yomon? Hamma san’atkorlarning ham homiysi bo’larkan. Balki, siz o’ylaganchalik yomon odam emasdir. Men… Men ashula aytishni yaxshi ko’raman. Anovi opaday qo’shiq aytgim keladi.

  - Voy – voy, oti o’chsin o’sha opaning, hozirgacha nechta erga tegdi, xudo sanog’iga yetmasa, bandasi yetolmaydi. Seni chin uyingga uzatib qutulaman.

  Xumora ko’p narsani unutishi mumkin, lekin ayasining o’sha kunlarda Azizning qaddi – bastidan tortib, kelgan sovchilarning egni – boshiyu dasturxondagi patirigacha og’zidan bol tomib gapirganini Xumoraning ham yosh qalbida o’sha yigit, o’sha oilaga qiziqish uyg’ongandi. To’yi bo’lgan kezlari, Aziz "mening qo’g’irchog’im”, deya erkalatgan onlari chindan baxtliday edi. O’g’li, qizi dunyoga kelgach esa, xammasi o’zgardi.

  Xumora reining hayotida kimdir borligiga avval gumon qildi, keyinchalik ishonchi komil bo’la boshladi. Aziz javobdan qochdi. U paytlarda eri talaba edi. Zuxra opaning yelib – yugurishi, "Qizim uy bekasi bo’lsayam, kuyovimning kursisi baland bo’lsin”, degan istagi, intilishi bilan o’qiyotgandi. O’qishini tugatdi, yaxshi ishga ham joylashdi. Keyin – keyin Xumoraga bepisand qaraydigan bo’lib qoldi.

  - Sen og’zidan suti ketmagan go’dak eding. Menday yigit seni xotin sanabyurganiga shukr qil. Topganman, bag’rimga bossam, bag’rim to’ladiganidan topganman. Lekin sen, bolalarimning onasisan, shuning uchun kecholmayman. Chidasang hayot – shu, bo’lmasa, o’zing bilasan.

   Xumora bu yog’iga nima qilishini bilmay qoldi. Ayasiga aytsa, insofga chaqirar deb o’ylagan edi, yo’q, ko’ch – ko’ronini yig’ishtirib olib kelaverdi. O’shanda eri ham xatosini tushunganday edi.

  - Aya, bolalarni o’ylang, ularni yetim qilmang, xato qilmaydigan odam bor ekanmi?! Xumora bilan munosabatimiz yo’lga tushib ketadi, - deya tushuntirmoqchi bo’ldi.

  - Men-ku, uchrashib yurganimni uyga olib kelib, to’rga o’tqazib qo’yarman. Lekin qizingizga qiyin bo’ladi, ikkita bolasi bilan…

  - Tilingni tiy! Xali qizimga shaxzodalar xaridor bo’ladi. Hayotda nima ko’ribdi? Endi yigirma ikkiga kirdi.

  Xumora onasiga: "Qo’ying aya, aldamayapti-ku, to’g’risini aytyapti. Bosilib qolar, bolalar ulg’aysa, o’zi ham xijolat tortar”, demoqchi edi, lekin Zuxra opa hech kimning "hay – hay”iga qaramay, mashina olib kelib, buyumlarini ortdi.

  Mana, endi uch oy o’tkazib, qizini yana uzatmoqchi.

  - Yuragim qasos o’tida yonyapti, Xumora, bilmaysan bolam. Men bu kuyov uchun nimalar qilmadim, kimlarga yalinmadim? Endi noni butun bo’lib qolganda, sen "puf, sassiq” bo’ldingmi? Hali shoshmay tursin, yurib emas, emaklab kelib kechirim so’raydi. Ammo unda kech bo’ladi. Oh, o’sha paytni ko’rsam, armonim yo’q edi.

  Xumora "Yo’q”, dedi, yana eski orzulari ko’nglida uyg’onganini aytdi:

  - Ayajon, bitta kelinchak o’ttiz yoshida yangidan hayot boshlabdi. O’n yoshli qizchasi bor ekan. Bir paytlar olima bo’lishni orzu qilarkan. O’ttiz yoshga kirganida, boshqa farzand ko’rolmasligi aniq bo’lgach, eriga o’zi uylanishiga ruxsat berib, aspiranturaga kiribdi. Xozir Germaniya universitetlarining birida doktorlik dissertatsiyasini yoqlash arafasida ekan. Balki men ham orzuyim yo’lidan ketarman, bir er bo’lsa, ko’rdim.

  Xumoraning bunaqa gaplariga Zuxra opa quloq solib o’tirmadi.

  - Yo’q, bunda yuragimning o’ti so’nmaydi. Qachon qo’shiq aytib mashxur bo’lasanu, qachon Azizning tili kalimaga keladi? Bu ishning tez bo’lishiga ishonmayman!

  Ikkilanuvchan, qat’iyatsiz bolalar – shoshqaloq onalarning o’ljasi.  Xumora ham ikkilandi. O’n olti yoshidagidek ikkilandi. "Balki, ayamning gaplari to’g’ridir. Shu yoshimda hayotimni yangidan boshlash uchun mashxur xonanda bo’lish uchun endi kechdir…” deb o’yladi.

  Doston bilan uchrashuga chiqqanda ham uning ko’ngli xijil edi. "Bolalarimning otasi borku. Hali uyiga birovni olib kelgani yo’q-ku, mening ishim to’g’rimikin?” deb o’ylar, o’ylagani sayin hijolat tortardi.

  "Nega eringizdan bezillab, xiyonatiga chidamay ajrashgan bo’lsangiz, atigi uch oy o’tib, yana birovga tegmoqchisiz? Ikkita bolaning o’z otasi bor. Yaxshimi – yomonmi, o’z otasi bolalari uchun nima yaxshi-yu, nima yomon ekanligini o’gaydan ko’ra yaxshi biladi. Nima uchun bolalaringizni o’gay otaga ishonyapsiz? Sizni erga berish ko’proq onangizning qarori. Bu qarorning to’g’ri ekaniga ishonasizmi?”

  Xumora shu kabi savollarni kutgan edi, lekin Doston hech narsa so’ramadi. Faqat:

  - Rasman ajrashgansiz-a? Bolalar kimda qoladi? – dedi.

Xumora kalovlanib qoldi:

  - Ha, sudga ariza tashlaganmiz, tez orada ajrashsak kerak.

  - Yaxshi, - dedi Doston jiddiy turib. – Bu ishning tezlashishiga o’zim yordamlashaman.

  Sal narsadan lovullab ketadigan, har qanday hayoliga kelgan qarorni to’g’ri haq deb biladigan onasi, huddi onasiga o’xshash xovliqma eri qarshisida Doston ancha og’ir, bosiq ko’rindi. Xumoraning ko’nglida "mulohazali erkakka o’xshaydi, hayotim yaxshi bo’lib ketar”, degan umid bor edi.

  - Xo’sh, bolam. Doston yoqdi-ya? Ajoyib yigit, o’nta gapingga bitta javob qiladi.

  - Bilmasam, aya, nima deyishga ham xayronman.

                                                       *   *   *   *   *   *   *

   Zuxra xolaning "Ajrashasan”, deb turgani uchun achchiqlangan Aziz ortiqcha gapni ko’paytirmadi. Imi – jimida ajrashishdi. Huddi olijanob ish qilganday Zuxra xola qizini qo’sh qo’llab Dostonga tutqazdi. Nikoh o’qilganiga bir oydan oshdi. Ammo Doston Xumoraga begonaga muomala qilgandek gapirardi. Uni xotin o’rnida ko’rmaydi.

  - Xumora, bugun anovi qora toshchalari bor qizil ko’ylagingizni kiyib, qo’y go’shtidan qaynatma sho’rva tayyorlab qo’ying.

   Xumora duv qizardi. Nikohdan o’tganlariga ancha bo’lgan bo’lsa-da, Doston uning yoniga yo’lamagandi.

  - Xop, - deb qo’yaqoldi sekingina.

 Turmushga chiqqanidan keyin ayasi bolalarini "Biroz biznikida tursin”, deb olib ketgandi. Sho’rva qildi, kiyindi. "E xudoyim, o’zing bu gal to’g’ri yo’l ko’rsat, o’zing endi adash taqdirdan saqla!” deya iltijo qildi. Doston olib kelgan meva – chevadan chiroyli dasturxon tuzadi.

  Bir mahal eshik ochildi. Doston deb qarshisiga chiqsa, eri Aziz…

  - Siz… bu yerda nima qilib yuribsiz? Xumoraning hayoliga: "Bolalar shu yerda deb o’ylab keldimikin?” degan fikr keldi. Azizning ko’zlari dum – dumaloq bo’lib ketgan, rangi bo’zday oqargan.

  - Sen… senmi bu?, - dedi.

Xumora endi: "Nega keldingiz/ Kim sizga kalit berdi?” deya so’roq qilmoqchi edi, Aziz bir vaxshiy qiyofaga kirib, Xumoraning sochiga yopishdi.

  - Sen hali shu darajaga yetdingmi? Men sen uchun qancha azoblanib yuribman. "O’rikning guliday pok xotinim bor edi, nonko’rlik qildim” deb. Onang seni bozorga olib chiqdimi? Xo’sh, baxong qancha? Sen shu afting bilan ona, ayolmisan? Yo’q, bolalarimga yaqinlashmaysan endi!

  Xumoraning qora toshchali qizil ko’ylagi pora – pora yirtildi, sochlari yulindi. 

  - O’t qo’yaman! Xonumoningga, dunyoyinga o’t qo’yaman! – deya erining baqirgani Xumoraning qulog’ida qoldi.

  Eri eshikni qarsillatib yopgancha  chiqib ketgach, Xumora ancha vaqt qo’rquvdan dir – dir titradi. Ayol nimalar bo’layotganini anglamas, aybi nimadaligini tushunmas, titroq qo’llari bilan Dostonning nomeriga terar, lekin javob ololmasdi. Qosh qorayganda eshik yana taqilladi. Egni – boshini almashtirgan bo’lsa-da, rang – ro’yi qizarib, yig’lab yotgan Xumora "Balki yana Aziz aka kelgandir” deb, xadiksirab, eshik tuynukchasidan sekin qaradi. Eshik ortida notanish bir ayol turardi.

  Xumora xayron bo’lib eshikni ochdi:

  -  Siz kimsiz?

  - Men Doston akaning singlisiman. Akam sizni uyingizgacha kuzatib qo’yishimni so’radi.

  -  Doston akaning singlisi? – Xumoraning ensasi qotdi. – U kishining o’zi qayerda? Nega sizdan meni kuzatib qo’yishni so’raydi/

  -  Opajon, qanchalar achchiq bo’lmasin, sizga bir xaqiqatni aytay, akam sizga faqat mana shu kun uchun uylangandi.

  -  Bu nima deganingiz?

  -  Qasos tuyg’usi odamni ko’r-u kar qiladi. Akam men uchun qasos oldi!

  -  Siz uchun? Men sizga nima qildim?

  -  Siz emas, eringiz! Bilasiz-ku, bir paytlar katta bir korxonaning kadrlar masalasini eringiz hal qilardi. Men mutaxasisligim bo’yicha ish so’rab borganimda, nomusimga tekkan. Keyin akam meni imi – jimida yoshi katta kishiga uzatib yuborgan. Hayotim barbod bo’ldi. Akam har gal meni ko’rganda, alam o’tida yonardi. Eringizning sinnglisi yo’q, qizi hali juda yosh. Shuning uchun qasos o’qiga siz nishon bo’ldingiz.Eringiz sizni bugun xaligidaqa ayol deb o’yladi. Akam unga shunaqa degan.

  Xumoraning ko’ksiga tosh tekkandek bo’ldi.

  -  Men… mening aybim nima? Nega meni qurbonlik qiladi?

  -  Ehtimol, siz aybdor emasdirsiz. Lekin er kishining singlisi, qizi uchun nomusi bukilsa, yomon bo’ladi. Akam har safar: "Ichim chirib tushgan”, deydi. Avvallari eringizni o’ldiraman, deb yurardi. Shu maqsadda sport bilan ham shug’ullandi. Keyin, "Uni o’ldirsam, joni chiqadi – ketadi, jazosiz qoladi. Unga shunday jazo berayki, og’rig’ini bir umr jonida xis etsin”, dedi

  Xumora indamadi.

  - Narsalaringizni yig’ishtiring, yordamlashib yuboraman.      

                                           *   *   *   *   *   *   *   *

Darvozadan kirishga kirib, ostonada qaqqayib qolgan qizini ko’rib, Zuxra opa javray ketdi:

   - Ha, bolam, nega qaytib kelding? Kiyimlaringni ko’tarib olganing nimasi? Ering qimorboz ekanmi, narkomanmi? Surishtirib bergan edim-ku, gapirsangchi, nima bo’ldi?!

  Xumora indamadi. Faqat xayolidan xaligi ayolning gaplari ketmasdi: "Men sizdan uzr so’ramayman. Nomusim barbod bo’lib qon yig’lab yurgan kunlarim siz o’sha erkakaning xotini edingiz. Nega u sizdan ortib, menga yopishdi? Nega? Chunki u mening dod voyim ichida: "Xotinim go’dak. Hayotga ham go’dakday qaraydi. Mening hayotdan zavqlangim keladi. Kel, menga zavq ber, dunyodan noumid o’tmay”, dedi. Men akamga bu gapni aytmadim. Lekin xudoyim bu qasosni sizga to’g’irlagani bejiz emasdir”.

  Xumoraning a’zoyi badani kaltak, xaqorat, xo’rlik iskanjasida ezilardi.

  -  Bolam, ma, bir payola novvot choy ich, ering bilan urishib qoldingmi? "Bolalarimni olib kelaman”, desang, "Yo’q” dedimi? Shunday degan, pismiqligidan ma’lum edi. Qo’yaver, uch oy o’tsin, men seni shunaqa bir yigitga uzatay, Doston deganing og’zi ochilsin! U kim bo’libdi? Sen osmondagi oysan hali. Hammasini ko’rmagandek bo’lib ketasan. Men o’zim o’sha nonko’r bilan gaplashib qo’yaman. Hali shoshmay tursin.

  -  Bo’ldi qiling! Meni tinch qo’ying! Ikkita erga berib, ko’nglingiz haliyam joyiga tushmadimi? – onasining oxiriga yetmagan gapini Xumora ilib ketdi. – Men sizga bir buyummanmi? Biroviga yoqmay qolsam, boshqasiga pullayveradigan?

  Xumora hovlini boshiga ko’tarib, birinchi marta onasiga qarshi isyon qildi. Qizining vajoxatini ko’rib, Zuxra opa qaltiragancha nima deyarini bilmay qoldi.

  "Qasos. Nima u qasos? Qanday tuyg’u? Onam meni Dostonga uzatib, Azizdan qasos olmoqchi edi, Doston xo’rlangan singlisi uchun mendan qasos oldi. Endi Aziz toptalgan erlik sha’ni uchun yana mendan qasos oladimi? Dunyoning dunyoligi, hayotning hayotligi shundan iboratmi? Nega odamlar bir – biriga kio’ksiga xudoyim to’ldirgan tuyg’u – mehrni berishmaydi?”

  Ayol shum taqdiri uchun kimni ayblasin? Majburlab erga berga onasinimi, uni xotin o’rnida ko’rmagan Dostonnimi yoki irodasiz, qo’rqoqligi uchun o’zinimi? Bir necha kundan beri hech kimga qo’shilmay, mung’ayib yurgan Xumora onasining yoniga kelib, gap boshladi:

  -  Men hayotimni qaytadan boshlamoqchiman.

  Oxangidan qat’iyat yog’ilib turgan Xumoraga Zuxra xola xech narsa deyolmadi. Faqatgina qizining oxirigacha gapirib bo’lishini kutdi.

  -  O’tmishim nima bo’lsa bo’ldi. Buning uchun birovni ayblagandan foyda yo’q. Endi kurashaman. Bir vaqtlar er deb, oila deb ko’nglimning tubiga ko’mib tashlanga orzularim uchun kurashaman. Bu yo’lda menga siz ham, boshqasi ham to’siq bo’lolmaydi.

  Qizining gapidan so’ng alami bo’g’ziga tiqilib turgan Zuxra opa yig’lab yubordi. Farzandining yoniga kelib, uni mahkam quchdi:

  -  Men kaltafaxm onangni kechir, bolam. Shu paytgacha o’zim to’g’ri deb o’ylagan ishni qilibman-u, sening qalbing bilan xisoblashmabman. Kechir! Endi har qanday qaroringni qo’llayman. Qo’limdan kelgan yordamimni ayamayman.

  Xumora onasining bag’rida go’dak misol beg’ubor yig’lardi. U taqdirdan, atrofdagilardan faqat kelajakka, oldinga intilish bilan qasos olmoqchi edi. Ayol daf’atan shuuriga kelgan bunday kuch va shijoatdan o’zi ham hayron, faqat shuncha zarbalardan omon chiqolgani uchun xudoga shukr qilardi.

Категория: Shou-Biznes olami | Добавил: Jahongir | Теги: Hikoya
Просмотров: 4669 | Загрузок: 0 | Комментарии: 1 | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
PREMYERA
FAOLLAR
  • Muzaffar
  • DjMIX
  • eXtreme_12
  • Rustambek
  • Time-ouT
  • NamoZ_ZarCitY
  • Sherbek
  • bekorchi
  • The_Best
  • HaYoT
  • TOP 10 IZOHCHILAR

  • DjMIX


  • Izohlari : 57
  • 1 - O`RNI

  • Jahongir


  • Izohlari : 28
  • 2 - O`RNI

  • eXtreme_12


  • Izohlari : 5
  • 3 - O`RNI

  • HaYoT


  • Izohlari : 4
  • 4 - O`RNI

  • Dragon_black


  • Izohlari : 4
  • 5 - O`RNI

  • Sherbek


  • Izohlari : 3
  • 6 - O`RNI

  • ZaY


  • Izohlari : 1
  • 7 - O`RNI

  • Talant


  • Izohlari : 1
  • 8 - O`RNI

  • Time-ouT


  • Izohlari : 1
  • 9 - O`RNI

  • Rustambek


  • Izohlari : 1
  • 10 - O`RNI
  • Saytdan olingan ma'lumotga saytimiz manzilini qo'yish shart!© 2024