Yakshanba, 29.09.2024, 06:24
Приветствую Вас Гость | RSS
Yulduzlar Bilan Birga Bo'ling!!!!
Главная | Yulduzcha | Регистрация | Вход
  
Qidiruv
Kirish qismi
Привет, Гость

Гость, мы рады вас видеть. Пожалуйста зарегистрируйтесь или авторизуйтесь!
Mexmon
Bepul SMS



Главная » Файлы » Yangiliklar

Rishod Sobirov: “Endigi maqsadim – London Olimpiadasi oltin medalini qo‘lga kiritish”
02.09.2011, 11:59

Parij shahrida dzyudo bo‘yicha o‘tkazilgan jahon chempionatida iste’dodli polvonlarimiz – Rishod Sobirov oltin, Navro‘z Jo‘raqobilov bronza medalni qo‘lga kiritib, O‘zbekiston erkaklar terma jamoasining umumjamoa hisobida kuchli beshlikdan joy olishiga munosib hissa qo‘shdi. Toshkent xalqaro aeroportida jahon chempionatidan yorug‘ yuz bilan qaytgan O‘zbekiston sport delegatsiyasini tegishli vazirlik va idoralar, sport jamoatchiligi, ommaviy axborot vositalari vakillari, ota-onalar va muxlislar kutib oldi. Fransiya poytaxti Parij shahrida o‘tgan musobaqa dzyudo bo‘yicha jahon chempionatlari tarixidagi eng katta musobaqa bo‘ldi. Unda dunyoning 130 dan ziyod mamlakatidan kelgan 900 nafarga yaqin eng kuchli dzyudo ustalari erkaklar va xotin-qizlar o‘rtasidagi bellashuvlarda 16 medallar jamlanmasi hamda kelgusi yili Londonda bo‘ladigan XXX yozgi Olimpiya o‘yinlariga yo‘llanma beradigan reyting ochkolarini qo‘lga kiritish uchun o‘zaro kuch sinashdi. Yirik sport forumi doirasida o‘tkazilgan Xalqaro dzyudo federatsiyasi (IJF) Kongressida mamlakatimizda Prezident Islom Karimov rahnamoligida sportni, jumladan, dzyudoni rivojlantirishga ulkan e’tibor qaratilayotgani alohida ta’kidlanib, ana shunday e’tibor va g‘amxo‘rlik samarasida kamol topgan iqtidorli sportchimiz Rishod Sobirov jahonning bugungi kundagi eng kuchli dzyudochisi, O‘zbekiston terma jamoasi ustozi Andrey Shturbabin zamonamizning eng kuchli murabbiyi, deb e’lon qilindi. R.Sobirov o‘tgan yili Yaponiyada qo‘lga kiritgan jahon chempioni unvonini Fransiyada ham munosib himoya qildi. Erkaklar o‘rtasida 60 kilogramm vazn toifasidagi bellashuvlarda jami 74 nafar dzyudo ustasi o‘zaro raqobatlashdi. Xalqaro dzyudo federatsiyasi (IJF) reytingida peshqadamlik qilayotgan o‘zbek polvoni Parijdagi bahslarda barcha raqiblarini – shveysariyalik Lyudovik Chammartin, Burkina-Faso vakili Xermann Zungrana, braziliyalik Felipe Kitadai, ozarboyjonlik Ilg‘or Mushkiyev, Janubiy Koreya vakili Jin Von Kim va yaponiyalik Xiroaki Xiraokani mag‘lubiyatga uchratdi. – Jahon chempionati shohsupasining eng yuqori pog‘onasida turganimda va erishgan g‘alabam sharafiga O‘zbekiston bayrog‘i ko‘tarilib, davlatimiz madhiyasi yangraganida qalbim faxr va iftixorga to‘ldi, – deydi ikki karra jahon chempioni R.Sobirov. – Men Vatanimiz mustaqilligining 20 yillik shodiyonasiga munosib to‘yona tayyorlay olganimdan baxtiyorman. Biz, sportchilarning xalqaro musobaqalarda erishayotgan bunday yuksak muvaffaqiyatlarimiz, avvalo, istiqlolimiz sharofati va Prezidentimiz Islom Karimov tomonidan mamlakatimizda yoshlar kamoloti yo‘lida ko‘rsatilayotgan ulkan e’tibor samarasidir. Endigi maqsadim – kelgusi yili London Olimpiadasi oltin medalini ham qo‘lga kiritishdir. Parijdagi jahon chempionatida 73 kilogramm vazn toifasida tatamiga chiqqan Navro‘z Jo‘raqobilov terma jamoamiz g‘aznasiga bronza medal keltirdi. – Fransiyadagi jahon chempionati mening hayotimdagi unutilmas musobaqalardan biri bo‘lib qoladi, – deydi dzyudo bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi A.Shturbabin. – Shogirdlarim qo‘lga kiritgan yutuqlardan quvonib turganimizda Toshkentdan xushxabar eshitdik. Davlatimiz rahbarining farmoniga binoan "O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan sport ustozi” faxriy unvoni bilan taqdirlandim. Bunday yuksak e’tibor va g‘amxo‘rlik bizni yangi marralar sari ilhomlantiradi. Vatanimiz O‘zbekistonning nufuzini xalqaro miqyosda yanada yuksaltirish uchun bor kuch va imkoniyatlarimizni ishga solaveramiz.

Категория: Yangiliklar | Добавил: Jahongir | Теги: Amerikaga “IREN” bo’roni yaqinlashm
Просмотров: 1623 | Загрузок: 0 | Комментарии: 2 | Рейтинг: 5.0/1
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
PREMYERA
FAOLLAR
  • Muzaffar
  • DjMIX
  • eXtreme_12
  • Rustambek
  • Time-ouT
  • NamoZ_ZarCitY
  • Sherbek
  • bekorchi
  • The_Best
  • HaYoT
  • TOP 10 IZOHCHILAR

  • DjMIX


  • Izohlari : 57
  • 1 - O`RNI

  • Jahongir


  • Izohlari : 28
  • 2 - O`RNI

  • eXtreme_12


  • Izohlari : 5
  • 3 - O`RNI

  • HaYoT


  • Izohlari : 4
  • 4 - O`RNI

  • Dragon_black


  • Izohlari : 4
  • 5 - O`RNI

  • Sherbek


  • Izohlari : 3
  • 6 - O`RNI

  • ZaY


  • Izohlari : 1
  • 7 - O`RNI

  • Talant


  • Izohlari : 1
  • 8 - O`RNI

  • Time-ouT


  • Izohlari : 1
  • 9 - O`RNI

  • Rustambek


  • Izohlari : 1
  • 10 - O`RNI
  • Saytdan olingan ma'lumotga saytimiz manzilini qo'yish shart!© 2024